Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Lazzat Makon» — yangi oilaviy restoran!!!
30 Noy, 2015

«Lazzat Makon» — yangi oilaviy restoran!!!

Lazzat makon ochilish marosimi

28 noyabr kuni Toshkent shahrida yana bir yangi restoran o’z faoliyatini boshladi. «Lazzat Makon» deb nom olgan yangi restoran juda ham chiroyli, taomlari shirin va mazali ekanligi bilan tashrif buyurganlarni e’tiborini torta oladi. Mazkur oilaviy restoranning tantanaviy ochilish marosimida bir qator o’zbek estradasi va kinosi yulduzlari ishtirok etishdi.

Tashrif buyurgan yulduzlar orasida Kaniza, Umidaxon, Abdulla Qurbonov, Sherzod Bin, Ruhshona, Ulug’bek Otajonov, Tohir Usmonov, Tamila, Amira Alibekova, Muqaddas Sa’dullaeva, Shoira Otabekova va boshqalarni ko’rishingiz mumkin edi. Bu restoranning ochilish marosimida esa ajoyib aktrisa Halimaxon bosh-qosh bo’ldi. Har bir tashrif buyurgan yulduzlar uchun taqdim etilgan maxsus discount kartalar endilikda takroran tashrif buyurganda maxsus chegirmalarni taqdim etadi. «Lazzat Makon» restoranida o’zbek milliy taomlari va evropa taomlarini ham tanovvul qilishingiz mumkin. Tez kunda restoranning yuqori qismida choyxona ham ishga tushishini ma’lum qilishdi.

Quyida siz azizlar uchun restoran ochilish marosimi davomida hamkorimiz fotosuratchi Muhammad Ziyo tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 524 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *