Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Layloyimsan» hamda «Omadim kelmadi» disklari sotuvda!
30 Yan, 2013

«Layloyimsan» hamda «Omadim kelmadi» disklari sotuvda!

Ulug'bek Rahmatullaev albomlarKuni kecha, ya’ni 29 yanvar kuni o’zining tavallud kunini nishonlagan Ulug’bek Rahmatullaev bugun yangi albomi va konsert dasturi disklari sotuvga chiqqanligini keng ommaga oshkor etmoqda. Bu albomlar Ulug’bekning tavallud kuniga ajoyib sovg’a bo’lgan bo’lsa ajab emas. Kech bo’lsada biz ham Ulug’bekni tavallud kuni bilan muborakbod etamiz.

Ulug’bekning «Omadim kelmadi» nomli yangi albomidan xonandaning 19ta qo’shig’i o’rin olgan. Intro bilan bilan hisoblanganda albomdan 20ta mp3 o’rin olgan. Bu albom ichida siz sevgan ko’plab qo’shiqlar bilan bir qatorda 2ta duet tarona, 2ta rus tilida ijro etilgan qo’shiq hamda yangi ijod namunalari ham o’rin olgan.
Shuningdek, Ulug’bek Rahmatullaevning 2012 yilda taqdim etilgan konsert dasturi disklari ham sotuvga chiqarildi. «After-media» tomonidan tasvirga tushirilgan «Layloyimsan» konsert dasturi hamda «Omadim kelmadi» nomli yangi albomni qo’lga kiritish niyatida bo’lsangiz «Nirvana» musiqiy do’konlariga murojaat qiling.

Ulug'bek Rahmatullaev albomlar

Ulug'bek Rahmatullaev albomlar


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 137 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *