Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Laylo, tavallud kuning muborak bo’lsin!!!
28 Iyun, 2013

Laylo, tavallud kuning muborak bo’lsin!!!

Laylo SetanhoBugun o’zbek estradasida tarixi katta o’chmas iz qoldirgan, estradamizning o’z vaqtida haqiqiy yulduzlari bo’lgan «SeTanho» (sobiq «Setora») guruhi a’zosi Layloning tavallud topgan kuni. Mana shu munosabat bilan biz SB.uz portali ijodiy jamoasi do’stimiz, iste’dodli xonanda Layloni chin dildan muborakbod etib qolamiz.

«SeTanho»ning, ya’ni sobiq «Setora»ning qo’shiqlarini sevib tinglamagan muxlislar topilmasa kerak. Men, hatto shunday insonlarni bilamanki, aynan mana shu «Setora» guruhining ilk tarkibi sababli o’zbek estradasi ijodkorlari qo’shiqlarini tinglashni boshlagan odamlar ham bor. Demak, bu guruh juda katta iz qoldirgan, bizning shou-biznesimizda. Ishonamizki, Feruza AQSHdan qaytgach, «SeTanho» guruhi yana qayta birlashgan holda o’z ijodini davom ettiradi va muxlislarini xushnud etishni yana boshlaydi. Laylo, yana bir bor tug’ilgan kuning muborak bo’lsin!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 975 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *