«Layli»dan keyin «Habibi»!
Yosh ijodkor xonandalarimizdan biri Nodir Said shu kunlarda o'zining navbatdagi yangi «Layli» deb nomlangan taronasi ustida ishlamoqda. «Mazkur taronaning klipini rejissor Dilmurod Agzamov grafika uslubida suratga oldi. Qolaversa, yangicha uslubda suratga olingan bu klip o'ylaymanki, ko'pchilik muxlislarni o'ziga rom etadi», deya bizga ma'lum qildi xonanda Nodir Said.
«Layli» taronasining matni shoir Eldorga tegishli bo'lib, musiqasini esa bastakor Doniyor Agzamov bastalagan. Ushbu taronaning klip prem'erasi tez kunlarda «TV Markaz» telekanali orqali muxlislar e'tiboriga havola etiladi. Bundan tashqari xonanda Nodir Said yana yangi qo'shiq «Habibi» ustida ishlamoqda. Xonanda bu taronasiga ham klip suratga olish niyati yo'q emasligini bizga ma'lum qildi.