Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Apr, 2006

"Kvartet" tarqaldimi?

Kvartet«Kvartet» guruhi tarqaldi, degan mish-mishlar sizning ham qulog’ingizga chalingan bo’lishi mumkin. Xo’sh, MC Shod, Mr Jocker, Rustambek hamda Saida’lo ismli to’rt yigitdan tarkib topgan «Kvartet» guruhi tarqaldimi? Endi biz «Kvartet» guruhini boshqa ko’rmaymizmi? Bu savollarga maqolani oxirigacha o’qib javob topishingiz mumkin.
Yo’q, ular tarqalmadi. Ammo, guruhning ijodiga yakun yasash istaklari bo’lganligi rost. Sababi esa juda ham oddiy — har doim bo’ladigan kelishmovchiliklar. Nima ham bo’lib, guruh a’zolari o’rtasida sovuqchiliklar paydo bo’ldi. MC Shod hamda Mr Jocker alohida, Rustambek va Saida’lo esa alohida ijod qilish rejasini tuzib ham qo’yishgan edi. Buni qarangki, so’nggi daqiqalarda yigitlar ko’rishib gaplashib olishga qaror qilishgan va o’rtalarida bo’lib o’tgan arzimagan gap-so’zlar tufayli ajralib ketayotganliklari juda ham hunuk hol ekanligini tushunib yetib, vaqtida qarorlarini o’zgartirishdi. Ya’ni, shuncha paytdan buyon birgalikda ijod qilgan yigitlar endi har doim, har qanday vaziyatda bo’lmasin bir-birlarini tushunib, oxirigacha birgalikda ijod qilishga kelishib olishdi. San’atda mana shunaqasi ham bo’lib turadi.
«Kvartet» haqiqiy ijodga ana endi kirishdi. Ularning rejalari esa quyidagicha: may oyiga qadar bir qator ijodiy ishlar bo’yicha tayyorgarlik ko’rish, «Kvartachka» qo’shig’iga klip suratga tushirish, may oyida bir emas, ikki emas naqd 4ta tarona chiqarish va yangi fotojamlanmalarini muxlislar hukmiga havola etish. Qolgan yangiliklardan esa faqatgina bizning sayt orqali eksklyuziv tarzda tanishib borishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *