Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
20 Sen, 2012

Kuzning so'nggi kunlarida Rahimxondan konsert!

Sardor RahimxonSardor Rahimxon 2012 yil sarhisobi bo'yicha o'z muxlislari oldida imtixon topshirish uchun taraddud ko'rmoqda. Bu imtixon doimgidanda qiyinroq o'tadi. Chunki, har bir san'atkorning yil sayin mavqei yuqorilagan sari, uning oldidagi ma'suliyati ham oshib boradi. Sardor Rahimxon aynan shunday ma'suliyatli imtixon oldida turibdi.

Ayni kunlarda Sardor Nodir Azimov she'ri, Iqbol Muhammad musiqasi bilan «Otajonim» nomli qo'shig'ini yozib tugatib, unga klip suratga olishga tayyorgarliklarni boshlab yuborgan. Rahimxonning har bir klipi kabi bu klipi ham yuqori darajada chiqishi uchun doimgidek klipni suratga olish uchun o'z ishini ustalari jalb etilgan. Ya'ni, «Otajonim» qo'shig'iga Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunov tomonidan klip suratga olinmoqda. Tez orada mazkur klipni saytimiz muxlislariga tortiq etamiz.
Ana endi yana asosiy mavzuga qaytsak, Sardor Rahimxon o'zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini kuz faslining so'nggi kunlarida — 29 va 30 noyabr kunlarida taqdim etmoqda. Konsert albatta yurtimizning muhtasham saroyi hisoblanadigan «Istiqlol»da bo'lib o'tadi. Konsert boshlanish vaqti 19:00da deb belgilangan. «Sog'inganlarim» deb nomlangan mazkur konsert dasturiga Sardor Rahimxonni sog'ingan va Sardor Rahimxon sog'ingan barcha muxlis-u, yurtdoshlarimizni taklif qilib qolamiz.

Sardor Rahimxon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 186 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *