Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«Kuyla, yoshligim!» gala-konserti bo’lib o’tdi!
27 Okt, 2015

«Kuyla, yoshligim!» gala-konserti bo’lib o’tdi!

Kuyla yoshligim 2015

Bugun 2015-yilning 27-oktyabr kuni «Yoshlar ijod saroyi» binosida «Kuyla, yoshligim!» estrada vokal tanlovi dorisida estrada xonandalari hamda tanlov ishtirokchilari bilan birgalikda gala-konsert bo’lib o’tdi. Konsertda O’zbekiston Xalq artisti Mansur Toshmatov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Tolib Qo’ziev va Ziyoda Qobilova, xonanda Munisa Rizaeva, bastakor Shuhrat Zokirov, «Eldido» guruhi va boshqa taniqli yosh estrada xonandalari ishtirok etishdi. Konsertni maftunkor aktrisa Dilnoza Kubaeva hamda Inoyatillo Sattorov olib borishdi.

Bugungi kunga qadar Yoshlar madaniyat va san’at markazi davlat unitar korxonasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ko’magida hamda «O’zbeknavo» estrada birlashmasi hamkorligidagi mazkur teletanlovning hududiy bosqichlari o’tkazildi. Ushbu hududiy bosqichlarda 1500 nafardan ziyod iste’dod egalari o’zlarini sinovdan o’tkazdilar. Ular orasidan 94 nafari respublika bosqichida ishtirok etdilar.
Hakamlar hay’ati qaroriga binoan respublika bosqichidan muvaffaqiyat bilan o’tgan 15 nafar eng kuchli ovoz sohiblari, «Kuyla, yoshligim!» estrada vokal teletanlovining final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
Joriy yilning 22 oktyabr kuni Yoshlar ijod saroyida «Kuyla, yoshligim!» estrada vokal teletanlovining final bosqichi o’tkazildi. Tanlovning final bosqichida quyidagi ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritdi:

Gran-pri — Orazimbetov Sulton Adilboevich — Qoraqalpog’iston Respublikasi;
1-o’rin — Umarov Yorqinxo’ja Aziz o’g'li — Toshkent shahri;
2-o’rin — Gazients Karina Gennauevna — Toshkent shahri;
3-o’rin — Dashkinova Iroda Murodjon qizi — Toshkent viloyati.

Yoshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan loyiha g’oliblari statuetka hamda faxriy yorliq bilan taqdirlandilar hamda ularga zamonaviy ovoz yozish studiyasida bepul o’z qo’shiqlarini yozish imkoniyati ham taqdim etildi.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 213 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *