«Ko'rmadim»ni nihoyat ko'radigan bo'ldik!
Shou-biznes olamida o'z o'rniga ega xonanda hamda mahzun muhabbat kuychisi Ulug'bek Rahmatullaev tinimsiz harakatda. Kuni kecha uning ko'pchilikka manzur bo'lgan yangi taronalaridan biri «Ko'rmadim»ga klip olindi. Aytish joizki, mazkur taronaning klipi ayrim jihatlari bilan boshqa kliplardan farq qiladi desak xato bo'lmaydi.
«Ko'rmadim» klipining eng e'tiborli va orginal jihati shundaki, klipda kadr umuman uzilmagan. Ushbu kadrlarni mohirlik bilan suratga olgan inson Klip rejissori Narimon Rahmatullaevdir. Xonandaning muxlislari tez kunda «Ko'rmadim»ning klipni saytimizdan tog'ridan-tog'ri ko'rishlari va ko'chirib olishlari mumkin.