Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Okt, 2012

Konsertga 2 kun qoldi!!!

Ulug'bek RahmatullaevXabaringiz bor 26-27 oktyabr kunlari Ulug'bek Rahmatullaev o'z yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu konsert dasturiga xonanda uzoq vaqt tayyorlandi. Hozircha esa barchasi ko'ngildagidek ketmoqda. Konsertga chiptalar yakunlanganiga ham mana 10 kun bo'lib qoldi. Hech qayerdan birorta chipta topa olib bo'lmayapti. Bu albatta konsertga bo'lgan qiziqish yuqori ekanligini bildiradi.

Ulug'bekning 2 kunlik konsert dasturida juda ham ko'p sovg'alar hozirlanmoqda. Jumladan, kutilmagan konsert duetlar ham sizni hayratga solsa ajab emas. Biz Ulug'bek bilan bog'langanimizda, u konsert dasturida qandaydir kutilmagan blok (ya'ni, qism) borligini ma'lum qildi. Bu blokda tomoshabinlar anchayin hayratlanishlarini alohida ta'kidlab o'tdi. Shuningdek, konsert dasturida maxsus effektlardan ham foydalanish ko'zda tutilgan ekan. Demak, tayyorgarlik o'ta jiddiy! Buni albatta konsertga tashrif buyuribgina bilib olamiz. Qani ko'raylikchi, biz kutgan konsertda qanday kutilmagan sovg'alar bo'lar ekan!!!

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *