Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Noy, 2009

Konsert dasturidan eng sara fotosuratlar!

Sardor RahimxonSan’atimizda o’z o’rni va mavqeiga ega xonanda Sardor Rahimxon joriy yilning 13 — 14 noyabr kunlari muhtasham «Istiqlol» san’at saroyida o’zining «Sen uchun» deb nomlangan ikkinchi yakkaxon konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor. Bugun sizning e’tiboringizga konsert dasturi haqidagi to’liq ma’lumot va eng sara fotosuratlarni havola qilamiz.

… Dastur avvalida Sardor Rahimxon tilidan parda ortida yangragan she’r muxlislar qalbiga o’zgacha shukuh bag’ishladi. Nihoyat tomoshabin olqishi ostida sahnada zamonaviy va milliy ruhni o’zida aks ettirgan ko’rinishdagi xonanda ko’rindi. Dastur davomida o’nga yaqin yangi taronalar bilan birga muxlislarga tanish sho’x va mahzun qo’shiqlar ham taqdim etildi. Konsertdagi eng shov-shuvli sahna — Sardorning maftunkor Rayhon bilan kuylagan dueti prem’erasi bo’ldi, desak yanglishmaymiz. Shuningdek, xonandaning tojik tilida kuylangan yangi taronasi muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi.
Sahna dekoratsiyalarida ham xonanda imijidagi singari zamonaviylik va milliylikning o’zaro uyg’unligini ko’rish mumkin. Sahna dekoratsiyalari O’zbekiston san’at arbobi Bahtiyor To’raev tomonidan yaratildi. Bahtiyor To’raev Sardor Rahimxonning konsert dasturining rejissori hamdir. Bu yil ham xonanda ustoz san’atkorlarning an’anasiga sodiq qolgan xolda yana bir yosh shogirdi Xumoyun Mirzoni katta sahnaga olib chiqdi. U tomonidan kuylangan «Telba» taronasi shu kuni o’zining ilk tinglovchilarini ham topdi. Konsert dasturida Sardor Rahimxonning yaqin do’sti Ulug’bek Rahmatullaev tomonidan kuylangan «Kapalak» taronasini ham muxlislar olqishlar bilan kutib olishdi. Sador Rahimxon bu yil ham antiqa va o’zgacha liboslarda namoyon bo’ldi. Unga ushbu liboslarni «GAF» liboslar salonining dizaynerlari G’ayrat Xo’jamurodov va Asqar Po’latovlar tomonidan yaratilgan. Liboslarga hamohang ravishda «TAMO» go’zalik salonining bosh stilist imijmeykeri Akmal Akbarov soch turmaklarini tayyorladi. Sardor Rahimxonning ashaddiy muxlisasi Sevara Rasuleva tomonidan taqdim etilgan bo’yi ikki metrdan oshiq ulkan guldasta xonanda uchun kutilmagan sovg’a bo’ldi. Shu kuni Sardor Rahimxon tomonidan yozilgan «O’zimga ayon» nomli aforizmlar kitobchasining ham taqdimoti bo’lib o’tdi.
Umuman olganda, ikki kun davomida nihoyatda jonli va fayzli konsert dasturi taqdim etgan xonandani muxlislar sinovidan a’lo darajada o’ta oldi deyish mumkin.

«Sen uchun» nomli konsert dasturi ijodkorlari

Sardor Rahimxon «Sen uchun» deb nomlangan ikkinchi yakkaxon konsert dasturini bir o’zi o’tkazgani yo’q. Uning yonida eng avvalo ota — onasi, yaqinlari, do’stlari va hamkorlari qo’llab turishdi.

1. Sardor Rahimxonning ustozi, qolaversa konsert dasturining ijodiy rahbarlari Iqbol Muhammadjonov va Musaxon Nurmatov.
2. Konsert dasturining rejissori, shuningdek o’ziga xos sahna dekoratsiyasining muallifi O’zbekiston san’at arbobi, rassom Bahtiyor To’raev.
3. Konsert rejissori, Sardor Rahimxonning doimiy hamkori Mirmaqsud Oxunov.
4. Konsert dasturining ovoz rejissori — Igor Iosis.
5. Musiqiy muharrir — Bahtiyor Sobirov.
6. Konsert dasturining bosh maslahatchisi - Iroda Dadajonova.
7. Sardor Rahimxonning sahna liboslari «GAF» liboslar saloni, dizaynerlar G’ayrat Xo’jamurodov va Asqar Po’latovlar tomonidan taqdim etilgan.
8. O’ziga xos soch turmaklari «TAMO» go’zallik salonining bosh stilist imijmeykeri Akmal Akbarov tomonidan yaratilgan.
9. Shuningdek, Sardor Rahimxonning ukasi hamda prodyusseri — Nodir Rahimov.
10. Yordamchi prodyusserlar — Izzatillo Ablakulov va Dilmurod Sattorov.
11. Sardor Rahimxonning, shuningdek, konsert dasturining matbuot kotibi — Durbek Shofayziyev.
12. Ma’murlar — Mustafo va Ja’far.
13. Qiziqchilar guruhi — Shukurullo Isroilov, Xalima Ibragimova, Botirxon Imomxo’jaev va Ma’mur Xolmedov.
14. Alisher Navoiy nomli akademik opera va balet teatri raqqosalari, baletmeyster — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Vladislav Yegay.
15. «Ofarin» raqs teatri, baletmeysterlar Aliya va Matluba.
16. «Tomosha» bolalar teatri.
17. Maxsus effektlar «Orion» guruhi tomonidan amalga oshirildi.
18. Shoira Tojiboeva boshchiligidagi «Xumo» kvarteti.
19. Konsert tashkilotchisi «PanTerra» studiyasi.
20. «Konservatoriya rekords» studiyasi.
21. «Toshshaharnur» — Botir Sultonov.
22. Konsert dasturining bosh xomiysi - «XASKOVO» kolbasa va go’sht mahsulotlari.
23. «Istiqlol» san’at saroyi.

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon

Sardor Rahimxon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 210 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *