Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Okt, 2009

Konsert dasturi haqida ba’zi tafsilotlar…

Sardor RahimxonAyni kunlarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon o’zining ikkinchi yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Kuni kecha Sardor Rahimxon shaxsan o’zi telefon qilib, konsert dasturi haqida ba’zi bir sirlarni oshkor qildi…Sardor Rahimxonning ikkinchi yakkaxon konsert dasturi «Sen uchun» deb nomlanishidan xabaringiz bor. Ushbu konsert dasturida uning yana bir Humoyun Mirzo ismli shogirdi ilk marotaba va ilk qo’shig’i bilan ishtirok etadi. Shuningdek, Sardor Rahimxon she’riy monologlari jamlangan CD albom va qariib bir yil mobaynida ijodi va shaxsiy hayotida yuz bergan voqea — hodisalar yozilgan kitobchaning taqdimoti o’tkaziladi. Shu kunning o’zida Sardor Rahimxon tomonidan taqdim etilgan CD albom va kitobchani saroyga tashrif buyurgan tomoshabinlar shu yerning o’zida harid qilishlari mumkin. Konsertda Sardorni 5 xil libosda ko’rish mumkin. Ushbu liboslarni «GAF» savdo belgisi ostida faoliyat olib borayotgan liboslar saloni xodimlari Asqar Po’latov va G’ayrat Xojamurodov tomonidan ishlanmoqda. Tez kunlarda Sardor Rahimxonga mo’ljallab tikilayotgan liboslarning tikilish jarayonidan tushirilgan fotosuratlarni portalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 96 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *