Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Komil va Malika baxtli bo’linglar!!!
18 Dek, 2014

Komil va Malika baxtli bo’linglar!!!

Komil va Malika nikoh oqshomiKecha 2014 yilning 17 dekabr kuni «Osiyo Grand» restoranida «Benom» guruhi a’zolaridan biri Komilning nikoh oqshomi bo’lib o’tdi. Haqiqiy yulduzlar yog’dusi bilan o’tgan mazkur visol kechasida hammaning kayfiyati a’lo darajada edi.

Komil va Malikaning nikoh oqshomiga qaysi yulduzlar tashrif buyurganligini sanab o’tirmaymiz. Zero, ularning kelmaganlarini sanab o’tish osonroq. Nikoh oqshomida boshlovchilik vazifasi Jamshid Xojiniyozov hamda Ra’no Alimovalar zimmasiga yuklatildi. Nikoh oqshomining boshidan oxiriga qadar o’tkazish kabi ma’suliyatli vazifa esa «Sultonxo’ja» guruhiga topshirildi. Keling biz bugun mazkur nikoh oqshomida bizni diqqatimiz tortgan holatlarga urg’u qaratsak. Eng e’tiborli holatlardan biri bu shubhasiz Lolaning Shahzoda ijrosidagi qo’shiqqa raqsga tushganligi bo’ldi. Bu holat juda ko’plab turli mish-mishlarga barham bersa ajab emas. Demak, Shahzoda hamda Lolaning munosabatlari yaxshi!  Rayhon ijrosidagi taronaga esa Munisa Rizaeva raqsga tushdi. Bu holat ham Munisa Rizaeva va Rayhonning qay darajada yaqin do’st ekanligini ko’rsatib turibdi. Barcha tashrif buyurganlarni e’tiborini tortgan yana bir holat bu kelinning deyarli har bir mehmonga kelin salom qilganligida bo’ldi.
Nikoh oqshomi bir so’z bilan etganda juda ham fayzli va chiroyli o’tdi. Komil va Malikaning kelajakdagi hayotlari, turmushlari ham mana shunday shirin va chiroyli o’tishiga tilakdoshmiz. Baxtli bo’linglar Komil va Malika!!!

Quyida siz azizlar uchun nikoh oqshomi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 6 438 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *