Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Fev, 2009

Klip tayyor! Prem’era esa…

Sardor Rahimxon - Agar-agarEstradamizning iste’dodli xonandasi, xalqchil taronalarning mohir kuychisi hisoblangan Sardor Rahimxon qariib 4 oy mobaynida «Agar-agar» taronasi uchun maxsus multfilm klip ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik. Hatto ushbu klipdan ba’zi syujetlarni ham tomosha qilishga ulgurdingiz. Va nihoyat klip tayyor bo’ldi. Prem’era qachon deysizmi? Yaqinda… Qachon ekanligi ichki sahifada…Sardor Rahimxonning «Agar-agar» taronasi uchun ishlangan multfilm prem’erasi shanba 28 fevral kuni TVM telekanali orqali bo’lib o’tadi. Eslatib o’tamiz, ushbu multfilmni yaratishda 15dan ortiq multiplikator 4 oy davomida ish olib bordi. Multfilmda 70dan ortiq personaj ishtirok etadi. Hatto multfilmda Sardorning ham qiyofasi yaratilgan. Prem’eraga oz qoldi. Bu yog’ini o’zingiz ko’rib baho berasiz. Zero, holis fikrni faqat tomoshabin berishi mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *