Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Klip jarayoni: Ziyoda «O’zingda-o’zingda»
3 Apr, 2013

Klip jarayoni: Ziyoda «O’zingda-o’zingda»

Ziyoda - O'zingda-o'zingdaBugun, aniqrog’i kecha… 2013 yil 2 aprel kuni Ziyoda o’zining yangi qo’shiqlaridan biriga klip suratga tushirdi. Aslida bu klipni suratga olish ishlari ancha avval boshlangan bo’lib, ilk suratga olish jarayoni 20 fevralda bo’lib o’tgan. O’sha jarayonlarda klipning voqeaviy sahnalari suratga tushirilgan. Klipda bir qator taniqli aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin.

«O’zingda-o’zingda» deb nomlangan mazkur yangi qo’shiq g’oyasi Ziyodaning o’ziniki bo’lib, musiqa aranjirovkasi ustida Rustam To’lashev ish olib borgan. Qo’shiq so’zlari Gavhar Sharipova qalamiga mansub. Endi yana klipga qaytsak. Klipni Rustam Murodov suratga tushirmoqda. Yuqorida aytganimizdek, klipda bir qator taniqli aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin. Alisher Uzoqov, Shahzoda Muhammedova hamda Sevara Solieva klipning voqeaviy sahnalarida suratga tushishdi. 2 aprel kuni tasvirga tushirilgan sahnalar esa trek sahnalar bo’lib, unda Ziyodaning qo’shiq ijro etish holatlari suratga olindi. SB.uz portali ushbu jarayonni yoritish maqsadida suratga olish ishlari amalga oshrilayotgan «City Makon» ko’ngilochar maskaniga tashrif buyurdi. Suratga olish vaqtida Ziyoda ikki turdagi imijda namoyon bo’ldi. Ushbu jarayonlardan siz azizlar uchun maxsus fotoreportaj ham tayyorladik. Ushbu fotosuratlarni tasvirga tushirishda bizga «Real Time» foto va video studiyasi ko’mak berdi. Bu uchun mazkur studiya jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 814 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *