Klip jarayoni: Nilufar va Dj Piligrim «Dilim»!!!
O’zbek estradasida o’z yo’nalishiga ega bo’lgan ikki ijodkor Dj Piligrim hamda Nilufar birgalikda duet kuylashganligi haqida xabaringiz bor. Mana shu tarona «Dilim» deb nomlanganligidan ham xabardor bo’lsangiz kerak. Ayni kunlarda mazkur taronaga suratga olingan klipning montaj ishlari ketmoqda.
Bugun biz siz azizlar uchun Dj Piligrim hamda Nilufar ijrosidagi «Dilim» taronasi uchun suratga olingan klipdan bir qator eksklyuziv fotosuratlarni taqdim etishga qaror qildik. Tez kunlarda klipni o’zini ham aynan bizning portalimiz orqali qarshi olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Shunday ekan, bizni portalni kuzatishda davom eting va yangiliklardan birinchilar qatorida voqif bo’lib boring. Hozircha esa «Dilim» taronasiga suratga olingan klipdan bir qator fotosuratlarni tomosha qilishga sizlarni taklif qilib qolamiz.