Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Klip jarayoni: Dilso’z va Shohruh Mirzo — «Mana yana»!!!
13 Sen, 2014

Klip jarayoni: Dilso’z va Shohruh Mirzo — «Mana yana»!!!

Dilso'z va Shohruh Mirzo - Mana yanaXushovoz xonanda Dilso’z yana bir duet qo’shiq kuyladi. Uning yangi duetdoshi esa yosh estrada vakillaridan biri Shohruh Mirzo hisoblanadi. Bu ikki ijodkorning birgalikdagi ijod namunasi «Mana yana» deb nomlanadi. Bu duet taronaga kuni kecha klip ham suratga tushirildi.

Dilso’z va Shohruh Mirzo ijrosidagi «Mana yana» taronasi matn va musiqa muallifi Eldor Qayumov hisoblanadi, aranjirovka esa Jasur Badalboev tomonidan amalga oshirilgan. Tarona «Tria Media» studiyasida yozildi. Qo’shiq tayyor bo’lgach unga klip suratga tushirish haqida bosh qotirildi. Bir qator klipmeykerlar ichidan esa iste’dodli klipmeyker Dilmurod Agzamov bilan ishlashni ma’qul ko’rishdi. Klipda operatorlik vazifasi Jahongir Ibragimovga topshirildi. Grim ustalari Jamol Sharofiddinov hamda Alijon Imamov. Klipdagi liboslar bo’yicha Hilola Sher ish olib bordi. Tez kunlarda mazkur klipni ham birinchilar qatorida aynan bizning portalimiz orqali ko’chirib olishingiz va tomosha qilishingiz mumkin. Hozircha esa suratga olish jarayonidan eksklyuziv fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 750 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *