Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Apr, 2007

Kirkorov Sogdianani Evrovideniega yubordimi?

SogdianaRossiya, u yerda hali hamon yo’llar va tentaklar asosiy muammo, 1 aprelni deyarli milliy bayram hisoblashadi. Shu kuni minglab rossiyaliklar aqlli hazillarni o’ylab topishadi va shular orqali boshqalarni kalaka qilishadi.

Rossiya OAVlari ham shu kunni hazilomuz tarzda o’tqazishga qaror qilishdi va 1 aprel kuni o’z nashrlarida: “Alla Pugachova homilador”, “Viktor Drobish plagiat terma tayyorlamoqda”, “”Serebro” guruhini tarkibi o’zgarmoqda”, “Sergey Zverev lablaridan silikonni oldirib tashladi” kabi maqolalar chop etishdi. Nashriyotlar Sogdianani ham chetlab o’tishgani yo’q…

O’rta osiyoda eng nufuzli sanalgan Internet resurslaridan birida 1 aprel kuni shunday maqola chiqdi. Sogdiana o’z prodyuseri Viktor Drobish bilan shartnomasini bekor qilgani rost, va shunga qo’shimcha holda shunday yozilganki go’yo Rossiya shou-biznesi yetakchisi Filipp Kirkorov ushbu yosh xonandani prodyuseri bo’lishga rozi bo’lgan va Sogdianani bu yil bo’lib o’tadigan nufuzli Eurovidenie tanloviga Qozog’iston nomidan ishtirok etish yo’lini topgan. Eng so’nggi daqiqalarda Qozog’iston prezidenti N.Nazarbayevning shaxsan iltimosiga binoan tanlov dasturada Sogdianaga joy ajratilgan.

Ko’pchilik Eurovidenia to’g'risidagi xabarni rost deb o’ylab shov-shuvli g’alayon ko’tarib tahlil qila boshlashdi. Qarabsizki, bu xabar yolg’on bo’lib chiqdi.
“Novosti Uzbekistana» gazetasi taxririyati Sogdiananing onasi Larisa Vladimirovna bilan bog’lanib bu yangilikni qay darajada rost yoki yolg’on ekanligini bilish uchun murojaat qilishganda, Larisa Vladimirovna shunday dedi:
«Bu gapga hech qanday asosga ega emas. Qizimning o’qishi bilan bog’liq katta rejalari bor, yaqinda u Toshkentga qaytadi va o’z diplomi ustida ishlaydi, chunki u magistraturani tugatmoqda. Va o’zi ta’kidlaganidek u davlat imtihonlariga puhta tayyogarlik ko’rishi kerak . Shundan kelib chiqadiki Sogdiananing ijodiy va ta’limga oid dasturi hamda bir qancha loyihalari ona vatani O’zbekiston bilan bog’liq!

Sogdiana


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *