Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
5 Mart, 2009

«Kapalak»ka klip ishlanmoqda! (+ fotosuratlar)

Ulugbek Rahmatullaev - KapalakO’zbek estradasining yorqin xonandasi, «Nihol» mukofoti sovrindori, «M&TVA 2007″ taqdirlash marosimida «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» va «Yilning eng yaxshi klipi» nominatsiyalari g’olibi Ulug’bek Rahmatullaev Mahmud Toir so’zi va Iqbol Muhammadjonov musiqasi asosida yangi «Kapalak» deb nomlangan qo’shiq yaratgan edi. Xabaringiz bor, ushbu qo’shiqqa musiqiy sayqal Bahtiyor Sobirov boshchiligidagi simfonik orkestr ijro qilgan. Ushbu qo’shiq qisqa muddat ichida hit darajasiga ko’tarilib oldi.

«Kapalak» taronasi uchun maxsus klipni taniqli va o’z ishining ustasi bo’lgan rejissor Yodgor Nosirov tomonidan suratga olindi. Klipda kapalak obrazini esa aktrisa Xadicha Imomnazarova talqin qilgan. Yaqin kunlarda TV kanallari orqali prem’erasi bo’lib o’tadi. Darvoqe, Ulug’bek Rahmatullaev bahoriy kayfiyat bilan 9-12 mart kunlari vodiy bo’ylab navbatdagi «Sen ketding» deb nomlangan yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak

Ulugbek Rahmatullaev - Kapalak


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *