Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Kanizaning klip taqdimoti bo’lib o’tdi!!!
24 Mart, 2015

Kanizaning klip taqdimoti bo’lib o’tdi!!!

Kaniza klip taqdimotiBugun shahrimizda joylashgan «Grand Mir Hotel» mehmonxonasida estradamiz yulduzi Kaniza o’zining fan-klubi ochilishi va yangi klipining taqdimotiga bag’ishlab matbuot anjumani o’tkazdi. Mazkur anjumanga turli OAV xoodimlari tashrif buyurishdi va ular xonandadan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob ham olishdi.

Klip taqdimoti ba’zi texnik sabablarga ko’ra o’z vaqitda taqdim etilmagan bo’lsada, birozdan so’ng tashrif buyurganlarga namoyish etildi. Kanizaning «Ketaman» deb nomlangan taronasiga suratga olingan klip yumoristik janrda tasvirga olingan bo’lib, uni tomosha qilgan tomoshabinlar yuzida bir muddat bo’lsada tabassum uyg’otsa ajab emas. Yaqin soatlarda mazkur klipni ham portalimiz orqali sizlarga taqdim etamiz. Matbuot anjumani davomida Kaniza jurnalistlar tomonidan berilgan bir qator savollarga ochiq-oydin javob berib o’tdi. Ular orasida barchani diqqatini tortishi shubhasiz bo’lgan ma’lumot esa, Kanizaning bu yil turmushga chiqishi haqidagi xabar bo’ldi.

Quyida siz azizlar uchun klip taqdimoti davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 570 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *