Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Kanizadan tez kunda yangi klip: «Farzand nolasi»!!!
28 Okt, 2016

Kanizadan tez kunda yangi klip: «Farzand nolasi»!!!

Kaniza - Farzand nolasiO’zbek estradasi yulduzi Kaniza yaqindagina o’zining yangi «Farzand nolasi» nomli qo’shig’iga klip suratga oldirdi. Juda ham muhim mavzulardan birini ko’targan xonanda klipini ham ta’sirli chiqishi uchun harakat qilmoqda. Klipda elimiz suygan bir qator aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin.

Jumladan, Saida Rametova, Rustam Karimov, Aziz Rametov, Luiza Rasulova va boshqalar. Klip rejissori Behzod G’ulomov. Farzandlar doimo tinch va totuv hayot kechirishni istashadi. Afsuski, bugungi kunda ba’zi oilalarda mana shu totuvlik yo’q. Ikki o’rtada farzandlar aziyat chekib qolishmoqda. Kaniza o’z qo’shig’ida va klipida aynan mana shu mavzuga e’tibor qaratib, shu holatlar biroz bo’lsada oldini olishga hissa qo’shishni niyat qilgan. Ajab emas, aynan Kanizaning mana shu taronasi va klipi qaysidir oiladagi chigal vaziyatlarni yechishda qisman bo’lsada yordam bera olsa.
Tez kunlarda Kaniza ijrosidagi «Farzand nolasi» taronasiga suratga olingan klip prem’erasini ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Kuzatib boring!!!

Quyida siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayoni davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *