Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Avg, 2009

Kaniza yuksak mukofot sovrindori! (+ fotosuratlar)

KanizaKuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’sis etilgan «Nihol» mukofotini topshirish marosimi va katta gala konsert bo’lib o’tgan edi. Unda estradamizning maftunkor xonandasi Kaniza ham munosib ishtirok etib, estrada yo’nalishi bo’yicha »Nihol 2009″ g’olibi bo’ldi. Taasurotlar va eng sara fotosuratlarni hoziroq tomosha qilishingiz mumkin…

Kanizaga ushbu mukofotni xalqimizning sevimli san’atkori Sardor Rahimxon topshirdi. «Mustaqilligimizning 18 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik shodiyona to’ylari arafasida ushbu yuksak mukofotga sazovor bo’lishim men uchun katta baxt. Xalqimga va prezidentimga menga berilgan ishonchni doimo oqlashga harakat qilaman. Shuningdek, qo’shaloq bayram munosabati bilan barchani tabriklayman. Dunyodagi barcha yaxshiliklar sizlarga yor bo’lishini xohlayman»,-deya fikr bildirdi Kaniza. Biroz avval Kaniza bir necha o’nga yaqin taronalar yaratgani haqida to’liq ma’lumot bergan edik. Fikrimiz isboti sifatida portalning «Audio Time» blokiga kirib, Kanizaning barcha qo’shiqlarini tinglashingiz mumkin.

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza

Kaniza


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *