Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Kaniza yangi klipida 20 xil obrazda namoyon bo’ladi!!!
3 Dek, 2014

Kaniza yangi klipida 20 xil obrazda namoyon bo’ladi!!!

Kaniza - HiylalarimBugun estrada xonandasi Kaniza ijrosidagi yangi «Hiylalarim» nomli taronasiga klip suratga olish ishlari bo’lib o’tmoqda. SB.uz portali ijodiy jamoasi mazkur klipni suratga olish jarayonidan maxsus fotoreportaj tayyorlash maqsadida suratga olish jarayoniga tashrif buyurdik.

Kaniza ijrosidagi «Hiylalarim» taronasiga suratga olingan klip rejissori Sanjar Hadji hisoblanadi. Mazkur klipda Kaniza 20 xil obrazda namoyon bo’lishi eng kutilmagan sensatsion xabar bo’ldi. Zero, odatda san’atkorlar o’z klipida uzoq borsa 5-6 xil obrazda namoyon bo’lishadi. Kaniza esa naqd 20 xil obrazda klipda chiqishi diqqatni tortmasdan iloj yo’q. Klip uchun maxsus dekoratsiyalar qurilgan bo’lib, ular ham deyarli 20ga yaqin bo’lishi kutilmoqda. Klip jarayonida Kanizaning imidji ustida professional stilist-vizajist Lidiya Andre ish olib bormoqda. Kanizadan bu kabi antiqa kliplar 2012 yildan buyon taqdim etilmayotgan edi. Bu muxlislar uchun sog’inilgan uslubdagi klip bo’lsa, ajab emas. «Hiylalarim» taronasi matn va musiqa muallifi Gavhar Matchonova hisoblanadi. Aranjirovka muallifi esa Botir Aliev. Toshkent shahrida joylashgan restoranlardan birida bo’lib o’tgan suratga olish jarayonidan maxsus fotoreportajni qarshi olishga tayyormisiz? Unday bo’lsa quyidagi fotosuratlarni tomosha qilishga taklif etamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun klip jarayonidan hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 873 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *