Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Kaniza yangi albomi taqdimotini o’tkazdi!!!
10 Dek, 2014

Kaniza yangi albomi taqdimotini o’tkazdi!!!

Kaniza 2014 albom taqdimotiEstrada xonandasi Kaniza bugun o’zining navbatdagi «Shaqillama» nomli albomi taqdimotini o’tkazdi. «Discovery» musiqiy disklar do’konida bo’lib o’tgan ushbu taqdimotga OAV hodimlari va xonandaning do’st hamda yaqinlari tashrif buyurishdi.

Soat 17:00da boshlanishi lozim bo’lgan taqdimoti marosimi chiroq o’chib qolganligi sababli 17:45da boshlandi. Kanizaning yangi albomi taqdimoti bilan muborakbod etish maqsadida tashrif buyurganlar orasida Doston Ubaydullaev, Otabek Mutalxo’jaev, Halima Ibragimova, Kamola Oripova, Bilolxo’ja Oripov kabi siz-u biz bilgan insonlarni ko’rishingiz mumkin edi. O’ziga xos uslubda tashrif buyurgan Kaniza imiji doimgidek barchani diqqatini o’ziga tortdi. Ushbu imij ustida Lidiya Andre ish olib borganligini ham Kaniza alohida aytib o’tdi. Ushbu albomga oid ma’lumotlar bilan hozir sizlarni tanishtirib o’tamiz. «Shaqillama» nomli yangi albomdan Kanizaning 24ta taronasi o’rin olgan. Shuningdek, bonus tarzida 4ta remiks uslubdagi qo’shiqlarni ham qarshi olishingiz mumkin. Mazkur yangi albomni qo’lga kiritish istagida bo’lgan muxlislar «Discovery» musiqiy disklar do’konlaridan so’rashlari mumkin.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 735 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *