Kaniza Jizzahda «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» konsertida…
O’zbek shou-biznesida o’zining antiqa uslubi bilan nom qozongan estradamiz xonandasi Kaniza yangi taronalar kuylash, ularga klip oldirish, xalq hizmatidan ortib, viloyatlarda o’tkazilayotgan tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kuni kecha Kaniza va yana bir qator san’at ahli vakillari Jizzahdan qaytishdi.
20-21-22 iyun kunlari Jizzah shahrida «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» nomli katta tadbir va konsert dasturi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda san’at olamining bir qator vakillari bilan birgalikda Kaniza ham o’z ishtiroki bilan bo’lib qaytdi. Ushbu tadbir davomida tushilgan bir qator fotosuratlarni esa bugun biz sizlarga taqdim etishga qaror qildik. Xonandaning kelajakdagi ijodiy faoliyatlariga zafarlar tilagan holda, undan yana yangidan-yangi qo’shiqlar kutib qolamiz.