Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Kaniza «Istiqlol» saroyini yor-yor sadosi ostida tark etdi!!!
28 Apr, 2016

Kaniza «Istiqlol» saroyini yor-yor sadosi ostida tark etdi!!!

Kaniza 2016 konsertO’zining antiqa qo’shiqlari, kliplari va imidjlari bilan barchani diqqatini tortib keladigan Kaniza bugun 28 aprel kuni o’z tug’ilgan kunida yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Konsert dasturi so’ngida esa muxlislar ko’z o’ngida «Istiqlol» saroyini yor-yor sadolari ostida tark etdi.

1 emas, 3ta hayajonli vaziyatlarni bir kunda, bir vaqtning o’zida o’tkazish juda ham mushkul. Konsert dasturiga tashrif buyurganlarning barchalari guvoh bo’ldilarki, bu hol Kaniza uchun ham oson kechmadi. Hayajon juda kuchli bo’lganligidan muxlislarga gapirishga ortiqcha so’z ham topa olmadi. Ketma-ket o’zining eng sara taronalarini ijro etdi. Orada boshlovchilik qilish uchun Kamola chiqdi. Undan tashqari Halimaxon hamda Ma’mur Holmedovlar ham bir qator chiqishlar qilib, tashrif buyurganlarni xushnud etishdi. Kanizani qutlash va qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator o’zbek estradasi va kino olami yulduzlari tashrif buyurishdi. Ularni quyidagi fotosuratlarda tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin. Konsert dasturi ko’ngildagidek o’tdi. Ammo, Kanizani muborakbod etish maqsadida gul va turli o’yinchoqlar olib kelgan muxlislar hamda yulduzli mehmonlar o’z sovg’alarini taqdim etishga ulgurmay qolishdi. Zero, konsert kutilmagan burilish bilan yakun topdi. Kaniza sahnaga «Yor-yor» taronasini kuylab chiqib, tashrif buyurganlarga kelin salom qildi. So’ngra esa konsert zal bo’ylab yurib zaldan chiqib ketdi. Ko’chada esa uni kuyovbola avtomobilda kutib turar edi. Hamma hayron, hech kim tushunmay hayronu-lol qoldi. Konsert yakuniga yetgach ham anchagina muxlislar va Kanizaning hamkasblari, yaqinlari xonandani qaytishini kutishdi. Bundan xabar topgan Kaniza ortiga qaytib, yaqinlari bilan 2 og’iz suhbat qurib, so’ngra qo’shaloq bayramini nishonlash uchun shahrimizda joylashgan restoranlardan biriga jo’nab ketishdi. Mayli, nima bo’lganda ham konsert yaxshi o’tdi. Kanizaga esa biz baxt va omad doimo hamroh bo’lishiga tilakdosh bo’lib qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *