Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Kaniza ayrim xonandalardan hafa!
3 Mart, 2016

Kaniza ayrim xonandalardan hafa!

KanizaKuni kecha biz Kaniza bilan suhbatlashganimizda u ayrim xonandalardan hafa ekanligini ma’lum qildi. Qiziq Kaniza kimdan hafa? Nima uchun hafa? Xonandalar bilan qandaydir kelishmovchiliklar yuzaga kelganmi? Mana shu va shunga o’xshash savollar sizni qiziqtirishi tabiiy. Hozir esa biz sizlarga bu haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Xabaringiz bor Kaniza o’zining ilk yakkaxon konsert dasturiga hozirlik ko’rmoqda. 28-aprel kuni «Istiqlol» san’at saroyida Kanizaning nafaqat konsert dasturi bo’lib o’tadi, balki o’zbek shou-biznesida umuman kutilmagan holat, ya’ni Kanizaning to’yi ham bo’lib o’tadi. Ayni kunlarda mana shu konsert va to’y harakatlari bilan yugurib yurgan Kaniza bilan suhbatlashib qoldik va u o’zining ba’zi fikrlarini bildirib o’tdi.

Kaniza: So’nggi paytlarda ayrim xonandalar negadir mening g’oyalarimdan foydalanishayotgandek. Shu sabab hozir tayyorlayotgan bir qo’shig’im haqida oldindan rasman OAV orqali e’lon qilmoqchiman. Bunday mavzuni adashmasam hali ko’tarishmagan edi. Ajrashgan yoki ajrashayotgan ota-ona haqida farzand nomidan qo’shiq. Ishchi nomi hozircha «Farzand nomasi» deb ataladi. Nasib etsa 28-aprel kuni konsertimda yangraydi. Keyin esa klip ham suratga tushirishni rejalashtirdik va unga mavzu doirasidagi g’oyaga asosan ssenariy ham tayyor. Shuningdek, sho’x-shodon tarzdagi «O’zbegim» taronasini ham tayyorladik. Bu taronani esa konsertgacha taqdim etamiz.

Xulas mana shunaqa gaplar. Biz esa Kanizaning ijodini kuzatib, yoritishda davom etamiz!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 12 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *