Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Kaniza albom taqdimotida shaxsiy hayoti haqida gapirdi…
18 Avg, 2016

Kaniza albom taqdimotida shaxsiy hayoti haqida gapirdi…

Kaniza albom taqdimoti

O’zining antiqa qo’shiqlari va kliplari bilan omma diqqatini tortib keladigan Kaniza bugun o’zining «Go’zal» deb nomlangan yangi MP3 hamda «Yor-yor» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturi disklarini taqdimotini o’tkazdi. Ushbu taqdimot marosimida Kaniza OAV hodimlari savollariga javob berdi.

Kanizaning yangi albomi taqdimoti avvalgisi kabi «Discovery» musiqiy disklar do’konida bo’lib o’tdi. Mazkur albom taqdimotiga Kaniza «Art by Sofia» tomonidan tikilgan ajoyib libosda tashrif buyurdi. «Go’zal» nomli mp3 qo’shiqlari albomidan xonandaning 30ta qo’shig’i va bonus tarzida yana 4ta qo’shiqning remiks talqini o’rin olgan. Albom taqdimotida berilgan barcha savollarga Kaniza ochiq-oydin javob berib o’tdi. U suhbat chog’ida oila har narsadan yuqori o’rinda turishini bir necha bor takrorladi. Biroq, so’nggi paytlardagi ba’zi teleko’rsatuvlardagi ishtirokidan so’ng, xonandaning shaxsiy hayotida ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganligidan kayfiyati tushkun holatda ekanligini ham yashirib o’tirmadi. Shuningdek, u shaxsiy hayoti haqida ko’p ham so’zlashni istamasligini, turmush o’rtog’i tadbirkor bo’lganligi sababli uni fotosuratini ko’plab talablar bo’lsada, ommaga havola qilmayotganligini aytib o’tdi. Kaniza yaqin oradagi ijodiy yangiliklari bilan o’rtoqlashar ekan, u «Malina» mevasi haqida ham qo’shiq kuylaganligini va tez orada taqdim etishini aytib o’tdi.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 15 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *