Jurnalistlardan qochgan Ulug’bek tutildi!!!
So’nggi paytlarda Ulug’bek Rahmatullaev jurnalistlardan qochib yurgan edi. Ammo, biz uni bir amallab telefon qo’ng’irog’i orqali tutishga musharraf bo’ldik va juda ham ajoyib bir yangilikni bilib oldik. Ulug’bek bir yil mobaynida bir qo’shiq ustida ish olib borgan edi va nihoyat u tayyor.«Kundoshlar» deb nomlangan hazil qo’shiq Ulug’bekning ijodidagi ikkinchi milliy uslubda kuylangan qo’shiq hisoblanadi. Mazkur qo’shiqqa bir yil avval may oyida qo’l urilgan edi. Bugun esa bu qo’shiq radioto’lqinlarda jarang socha boshladi. Qo’shiq matni Doniyor Mirzo qalamiga mansub, musiqasi Iqbol Muhammadjonovniki, aranjirovka muallifi Jasur Badalboev.