Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Noy, 2011

«Jonim» «Bemor»dan ustunroqmi?

Ulug'bek RahmatullaevXabaringiz bor yaqindagina Ulug'bek Rahmatullaev o'zining «Jonim» taronasini barcha radioto'lqinlar uzra taqdim qilgan edi. Mana navbat internet tarmog'i orqali ham taqdim etishga yetib keldi. Ushbu yangi tarona ham endigina prem'era qilinganiga qaramay ko'pchilikning og'ziga tushib ulgurdi.

Xo'sh, bunga nima sabab? «Bemor» qo'shig'ining muvaffaqiyatimi yoki «Jonim» taronasining «Bemor»dan ham ustunroqligimi? Hali hanuz «Bemor» taronasi muxlislar e'tiboridan chetda qolmayotgan bir paytda taqdim etilgan «Jonim» taronasi «Bemor»ni unutishga yordam berarmikin? Buni albatta vaqt ko'rsatadi. Ammo, bu qo'shiq ham Ulug'bekning yana bir hit taronalari safidan o'rin olishi tayin. Zero, uning so'nggi ijro etgan qo'shiqlarining aksari hit darajasiga hech ham qiynalmasdan chiqib olgan. Xo'sh, siz nimani maslahat berasiz, Ulug'bek bu qo'shiqqa klip suratga oldirgani yaxshimi yoki shart emasmi? Agar ha degan javobni bersangiz qanday klip suratga olgan ma'qul. Barcha fikr-mulohazalaringizni www.rahmatullaev.com saytida yozib qoldirishingiz mumkin.

Ulug'bek Rahmatullaevning «Jonim» taronasini ko'chirib olish

Ulug'bek Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 93 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *