Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Fev, 2012

«Jingle» studiyasi kastingga taklif etadi!

Jingle studiyasidan kastingKundan kunga yangidan-yangi studiyalar, prodyuserlik markazlari, media kompaniyalar tashkil bo'lib, ko'payib bormoqda. Ularning qatorida o'z o'rniga ega bo'lish uchun yana bir yangi studiya o'z faoliyatini boshladi.

«Jingle» ovoz yozish studiyasi tashkil topganiga ko'p vaqt bo'lmagan bo'lsada, asta-sekin o'z nomini chiqarib bormoqda. Ayni kunlarda ushbu studiyada yangi guruh uchun kasting e'lon qilinmoqda. Kastingda ishtirok etishni istovchi qizlar ushbu studiyaga murojaat etishlari mumkin. Guruhda bir qiz va bir bola ijod qilishi ko'zda tutilgan. O'g'il bola allaqachon tanlab olingan. Uni siz taniysiz… Ammo, kim ekanligini hozircha sir saqlashimizni so'rashdi. Guruh tashkil bo'lgach, barchasiga o'zingiz guvoh bo'lasiz. Ushbu kastingda ishtirok etishni istovchi qizlar (+99894) 6868686 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari so'raladi. Kastingda ishtirok eting va o'z omadingizni sinab ko'ring!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *