Jasurxon yana shou-biznes olamida!
Estradamizning yosh xonandalaridan biri Jasurxon yana shou-biznes olamida! Xonanda bu gal muxlislariga o’zining yangi “Yolg’izman” taronasini taqdim etmoqchi. E’tiborlisi shundaki, siz Jasurxonni ushbu taronasining klipida yangi stil va yangi imidjda ko’rasiz.
“Yolg’izman”ning so’zlari Jasurxonning o’ziga tegishli bo’lib, musiqasini Vagif Zokirov bastalagan. Taronani yaqin kunlarda “FM” to’lqinlari orqali tinglashingiz mumkin. Klipiga keladigan bo’lsak, ayni paytda esa klipmeyker Jasur Shametov tomonidan “Yolg’izman”ga klip ishlanmoqda.