Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Apr, 2012

Jasurxon yana ijodga qaytdi!

JasurxonYosh estrada xonandasi Jasurxon bir muddatli tanaffusdan so'ng yana ijodga qaytishga qaror qildi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, u O'zbekistondagi ijodini yana davom ettirishga qaror qildi. Bunday deyishimizga sabab, Jasurxon o'tgan vaqt mobaynida xorij davlatlarida o'z malakasini oshirib, ijodiy izlanishlar bilan vaqt o'tkazgan edi.

Mana endi esa u yana o'zbek shou-biznesi olamida porlash taraddudida. Dunyoning turli davlatlarida ijod qilib qaytgan Jasurxon, endilikda O'zbekistonda ham o'z ijodini namoyon etishga shay turibdi. Hozirda u ajoyib bastakor Vagif Zokirov bilan birgalikda yangi albom ustida ish boshlab yuborgan. Uning yangi qo'shiqlari esa yaqin kunlarda radioto'lqinlar uzra jarang socha boshlaydi. Ulardan biriga esa klip ham tasvirga tushirish ishlari boshlab yuborilgan.

Jasurxon


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *