Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Jasur Umirov yangi albom taqdimotini o’tkazdi!!!
24 Fev, 2017

Jasur Umirov yangi albom taqdimotini o’tkazdi!!!

Jasur Umirov albom taqdimoti

O’zbek estradasi xonandasi Jasur Umirov kecha, 23-fevral kuni soat 17:00da «Discovery» musiqiy disklar do’konida o’zining navbatdagi albomi va konsert dasturi DVD diskini taqdimotini o’tkazdi. Yuqori sifatli disklardan OAV hodimlariga birinchilar qatorida tortiq etildi.

Jasur Umirovning yangi albomi «Vay vay» deb nomlangan bo’lib, undan xonandaning 22ta qo’shig’i o’rin olgan. Albomdan o’rin olgan qo’shiqlarning aksari yangi taronalardan iborat. Shuningdek, albomga bonus tarzida bir qancha hit taronalar ham qo’shilgan. DVD diskda sotuvga chiqarilgan «Onamga kelin kerak» nomli konsert dasturi disklarini ham «Discovery» musiqiy do’konlaridan topishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *