Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Mart, 2006

Jakhongir.uz

Jakhongir.uz

Guruhlar tashkil etilib, oradan biroz vaqt o’tgach ularning parchalanishi tabiiy holga aylanib qoldi. Biroq ba’zi xonandalar guruhni tark etsalarda, o’z faoliyatlarini yangicha uslubda, yakkaxon tarzda boshlaydilar. Bular sarasiga Jahongir.uzni kiritish mumkin. Boshqa xonandalardan farqli o’laroq o’z vaqtida “Firdavs-N” guruhi tarkibida ijod qilgan Jahongir ayni kunda o’zgacha yo’nalish, o’zgacha tahallus tanlab Jahongir.uz nomi ostida faoliyat yuritayotgani bunga yaqqol misol bo’la oladi.
     2001-yil. Konservatoriyada ta’lim olayotgan Jahongir o’zini yakkaxon xonanda sifatida sinab ko’rish umidi uyg’ondi va ilk “Ko’ngil savoli” nomli taronasini muxlislarga taqdim etdi. Ushbu qo’shiq FM to’lqinlarida jarang topgach, Jahongir “Firdavs-N” guruhini tark etib, yangicha yo’nalishda faoliyat boshlaganini ko’plar ma’qulladi. Undan so’ng “Foydasi yo’q”, “Darbadar”, “ Sensiz”, “Menimcha…”, “Ber” nomli taronalari bilan san’at ixlosmandlarini xushnud etdi. Ayniqsa rejissor Doni Agzamov va tasvirchi Zafar Qodirov bilan hamkorlikda suratga olingan “Ber” nomli klipi muxlislarga manzur bo’ldi.
    2003-2004-yil. Ushbu yil Jahongirga omadli va sermahsul keldi. U yuqorida aytilgan taronalar safiga yangi taronalar qo’shib, ilk “Yolg’izman” nomli CD-AUDIO kassetalarini muxlislarga taqdim etdi. Ushbu ijod maxsuli “Radio Records” studiyasida yozilgan bo’lib, CD diskda 12 track mavjud va deyarli barcha taronalar g’oyasi Jahongirni o’ziga tegishli hamda CD disk orqali “Ber” nomli klipni ham tomosha qilish mumkin. Jahongir ushbu vaqt oralig’ida “Muhabbat sinovlari” filmiga Doni Agzamov bilan saundtrek yaratdi. Qolaversa, so’z matni DJ Jahongirga, musiqa g’oyasi Jahongir.uzga tegishli bo’lgan “Qalbimda kuz” nomli taronasi bilan musiqa shinavandalarini xushnud etdi. Ushbu tarona Jahongir.uz ijodida katta o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Yangicha yo’nalishdagi mazkur qo’shiq ko’pchilik tomonidan Jahongir.uz ijodidagi yana bir mo’jiza deya tan olindi. Radio va televideniya hit-paradlarida ushbu tarona yuqori pog’onalarni egalladi.
    2005-yil. Ushbu yilda Jahongir.uz “Qalbimda kuz” qo’shig’iga ham klip suratga oldirdi. Klip rejjisori Bahrom Berdiyev. Qolaversa, Tarona-2005 taqdimoti marosimida “Yilning eng yaxshi bastakori” naminatsiyasida Jahongir.uz nomzod etib ko’rsatildi.
Yangilik. “Bir tiyin” – ushbu qo’shiq rus va o’zbek tillarida jarang topgan va taronaga g’ayritabiiy tarzda ajoyib klip suratga olingan. Klip rejjisori Scan Multi.
    2001-2005-yil. Bu vaqt oralig’ida taronalar safi kengaydi va har bir taronada yangi yo’nalish, yangilik kashf etildi, qolaversa Ozoda Nursaidova bilan “Ya begu”, Aida Davletova bilan “Bilaman”, Rustam G’oyipov bilan “Bolajon”, DJ Jahongir bilan birga “Bekor” nomli duetlar ijro etdi. Bastakorlik faoliyatida Ravshan Komilov, Farruh Komilov, Aziza, “Separi” guruhi, “Kvartet” guruhi, “Firdavs-N” guruhi, “Se*Tanho” guruhi va boshqa ko’plab san’atkorlarning taronalarini yaratishda o’z xissasini qo’shib kelmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 147 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *