Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Okt, 2009

Jakhongir.Uz xorijga yo’l oldi!…

Jakhongir.UzAyni kunlarda Jakhongir.Uz «Studio.Uz» studiyasi tomonidan suratga olingan «Bu antiqa, antiqa film» kartinasining musiqiy prodyusseri sifatida ishlayotgani haqida xabar bergan edik. Jakhongir.Uz ayni kunlarda yana nimalar bilan band? Eshitishimizga qaraganda, Jakhongir.Uz xorij davlatlaridan birida bastakorlik faoliyatini davom ettirish uchun uchib ketayotgan ekan… Ammo…Ammo, bu qanchalik haqiqatga yaqin? Buni bilish maqsadida Jakhongir.Uz bilan bog’landik. Jakhongir.Uz: «To’g'ri, xorij davlatlaridan birida bastakorlik faoliyatini barcha qulayliklarga ega bo’lgan studiyada davom ettirish bo’yicha taklif tushgan. Ammo men bunga rozilik bildirmadim. Kerak bo’lsa, ular bizning yurtga kelib, men bilan hamkorlik qilishsin. Men o’z Vatanimdaman. Bu yerda anchayin erkin ijod qilmoqdaman. Xatto bir so’mim ham qolmasa, uyimga piyoda yurib yetib olishim mumkin. Ijod qilish uchun esa xiyobonda o’rnatilgan o’rindiqlarga o’tirib, ijod qilishim ham mumkin»,-deya javob berdi. Shuningdek, Jakhongir.Uz yangi musiqiy loyiha ustida ish olib bormoqda. Uning Oydin Yusupova bilan birgalikda yaratgan duet monologi «Sog’indim», xalqimiz orasida juda ommalashdi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *