Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Avg, 2009

Jakhongir.Uz va Oydin Yusupovaning o’rtasida nima bor?!

Jakhongir.Uz & Oydin YusupovaFotosuratda bastakor Jakhongir.Uz va o’zbek kinosining yorqin aktrisalaridan biri Oydin Yusupova gavdalangan. Qiziq nimaga endi ular birgalikda? Haqiqiy ma’nodagi ikki yulduzni nima bog’lab turibdi?

Gap shundaki, kuni kecha Jakhongir.Uz va Oydin Yusupova o’zaro yangi loyiha ustidagi ishlarni o’z nihoyasiga yetkazishdi. Loyiha «Sog’indim» deb nomlanadi. Kim-kimni sog’indi? Mana shu kabi savollar sizni qiynashi tabiiy xol. Albatta duet loyihani tinglaganingizdan so’ng, javob topishingiz mumkin. Jakhongir.Uz va Oydin Yusupova tomonidan yaratilgan «Sog’indim» loyihasining so’zi Oybek Aliev qalamiga mansub bo’lib, uning taqdimoti dushanba kuni soat 20:30 da «Grand» radiosi orqali bo’lib o’tadi. Agarda sizda radio tinglash imkoniyati bo’lmasa, hoziroq portalimiz orqali ko’chirib olishingiz mumkin.

Jakhongir.Uz va Oydin Yusupova — Sog’indim

Jakhongir.Uz & Oydin Yusupova


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *