Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 May, 2011

Jakhongir.uz «Maqsad»iga yetdi!

Jakhongir.uz«Yoshlar» teleradiokanali orqali har shanba va yakshanba kunlari efirga uzatilayotgan «Orzuingga ishon» nomli yangi teleserialni tomosha qilayotgan muxlislar filmda ijro etilgan saundtrek tarona ijrochisini tezda payqashgan bo'lsa ajab emas. Ha bu Jakhongir.uz edi.

«Maqsad» deb nomlangan ushbu qo'shiq Jakhongir.Uz ijrosida bo'lib, uning musiqa muallifi ham aynan shu ijodkorning o'zi hisoblanadi. Mazkur tarona hozirda FM to'lqinlari uzra ham jarang sochmoqda. Xabaringiz bo'lsa, anchadan buyon Jakhongir.uz yangi qo'shiqlar kuylashga vaqt topa olmayotgan edi. Sababi esa uning ovoz yozish studiyasidagi ishlari ko'payib ketganligi va bastakorlik borasida anchayin sermahsul qilayotgan ijodiga bog'liq edi. Endi esa ijodkor asosiy vaqtini o'z ijodiga qaratishga va'da bermoqda!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *