Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Okt, 2008

Jakhongir.uz bu safar qanday mavzuda kuyladi?

Jakhongir.uzJakhongir.uz! Ushbu ismni eshitganda, beehtiyor iste’dodli xonanda va bastakor ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. U yaratayotgan qo’shiqlari ko’plab xasta yuraklarning dardiga darmon bo’lgan,-desak aslo adashmaymiz. Jakhongir.uz ning hozirda «Undan» deb nomlangan taronasi FM to’lqinlarining yuqori hit paradlaridan o’rin egallab turgan bir paytda yangi qo’shiq ustidagi ishlarni o’z nihoyasiga yetkazdi. Yangi qo’shiq qanday mavzuda ekanligi ko’pchilikni qiziqtirishi tabiiy xol! Siz ham qiziqayotgan bo’lsangiz, maqolani davomini o’qing…Yangi tarona «Shahlo ko’zlaring» deb nomlanadi. Qiziq, xonanda va bastakor Jakhongir.uz kimning ko’zlaridan bunchalar ilhomlandi ekan? Bu baxtli inson kim ekan? Balki uning bo’lajak turmush o’rtog’idir? Nima sababdan qo’shiq aynan shunday nomlandi?,-kabi ko’plab savollar tug’ilishi tabiiy. Hozircha bu bizga ham ma’lum emas. Shunisi ma’lumki, yangi tarona sevgi haqida va qo’shiq so’zini Jakhongir.uz ning yaqin hamkorlaridan biri Dj.Jahongir, musiqasini esa xonandaning o’zi bastalagan. Qo’shiq o’ta zamonaviy tarzda jarang sochadi. Undan tashqari yaqin kunlarda repertuaridagi bir taronaga klip ham ishlashni o’z oldiga katta maqsad qilib qo’ygan. Xullas, xonanda va bastakor Jakhongir.uz qizg’in ijod bilan band va uning hozir umuman bo’sh vaqti yo’q!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *