Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Noy, 2008

Jakhongir.uz: Barchasiga oydinlik… (+ yangi fotosuratlar)

Jakhongir.uzJakhongir.uz, xonanda Anora bilan ijro etgan «Yomg’ir» taronasi barchaga manzur bo’ldi! Hozirda ham reytinglarning yuqori pog’onasini band etib turibdi. Jakhongir.uz va Anora «Yomg’ir» deb kuylayverishganidan, bir necha kun yomg’irli havo kuzatildi. Avval xabar berganimizdek, Jakhongir.uz yangi loyihalar ustida izlanayotgan edi. Mana endi hammasi haqida to’xtalib o’tamiz…

Kuzning salqin va yomg’irli kunlarida barcha ijodkorlarga ilhom kelishi tabiiy xol. Jakhongir.uz ham bundan mustasno emas. U Anora bilan birgalikda duet ijro etishini ta’kidlagan edi. Duet tarona «Shahlo ko’zlaring» deb nomlanishini ma’lum qildi. Tan olish kerak Anora va Jakhongir.uz ning ovozlari bir-biriga juda mos keladi. Qo’shiq har tomonlama yuqori saviyada tayyorlanmoqda. Undan tashqari Jakhongir.uz Rossiya estradasining yosh vakillari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Bu albatta juda katta yutuq hisoblanadi. Chunki ijodkor nafaqat Vatanida, balki xorij davlatlarida ham o’z o’rniga ega bo’lishi lozim. Shuningdek u ohirgi yaratgan qo’shiqlaridan biriga klip suratga tushirishni maqsad qilgan. Klip avvalgi kliplaridan tubdan farq qilishi kutilmoqda.

Jakhongir.uz

Jakhongir.uz

Jakhongir.uz

Jakhongir.uz

P.S.: Jakhongir.uz ijrosidagi barcha taronalarni o’z telefoningizga gudok xizmatini yoqtirib, qo’yib olishingiz ham mumkin (xizmat MTS va BEELINE abonentlari uchun).


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *