Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Iyun, 2009

Jahongirning sog’ligi tiklanmoqda!!!

Jahongir PoziljonovKuni kecha yuz bergan mudhish voqea sababli jarohatlangan Jahongir Poziljnovga shifo tilab muxlislari bizga yuzlab maktub yo’llashmoqda. Uning ahvolini bilish uchun kelayotgan qo’ng’iroqlarni esa aytamasa ham bo’ladi. Xalqimiz ko’nglidan juda ham chuqur joy olgan «Bojalar» guruhi xonandasi va barchaga sevimli aktyor Jahongir Poziljonov qilinayotgan duolar va shifokorlarning doimiy nazorati tufayli ayni damda ahvoli yaxshilanib bormoqda.Yaqindagina Jahongir Poziljonovning akasi Abdurahmon Poziljonov bilan bog’lanib, hozirda sevimli yulduzimizni ancha yaxshilashib borayotganligi haqida quvonchli xabarga ega bo’ldik. Ushbu xabarni shoshilinch tarzda barcha muxlislarga yetkazishdan juda ham mamnunmiz. Javlon hamda Shahzodning sog’ligi ham yaxshi. Ular doimiy ravishda shifokorlar nazoratidadirlar. Jarrohlik ishlari muvaffaqiyatli yakunlangan. Tez orada Jahongir jonajon shahri Toshkentga qaytishiga umid bildirib qolamiz. Shuningdek, Jahongir, Javlon hamda Shahzodga shifo tilashda davom etamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 114 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *