Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Jahongir tavallud kun muborak bo’lsin!!!
21 May, 2015

Jahongir tavallud kun muborak bo’lsin!!!

Jahongirtavalludkun06

Bugun shahrimizda joylashgan ko’rkam restoranlardan biri bo’lmish «Hayot» restoranida yosh xonanda Jahongirning tug’ilgan kuni munosabati bilan ziyofat bo’lib o’tdi. Yosh bo’lishiga qaramay bir qator yutuqlarga erishgan Jahongirni qutlash uchun uning yaqinlari va kino hamda estrada olami vakillari tashrif buyurishdi.

Tavallud ayyomiga tashrif buyurganlar orasida siz-u bizga yaxshi tanish bo’lgan Ruhshona, Sanjat Matkarimov, Iqbol Meliqo’ziev, Jahongir Ahmedov, Sherzod Bin, «Eldido» guruhi, Elyor Mahkamov, Asqar Hikmatov, Olimxo’ja Azimov, Rustam Sa’diev, Sohib Abbosxon, Ahmad Berdimurodov, Botir Yaminov, Ahmad Hojimatov, Yoqubbek Qudratov, Yoxan tahallusi bilan tanish bo’lgan iste’dodli operator Jahongir va boshqalarni ko’rish mumkin edi.

SB.uz portali ijodiy jamoasi Jahongirni ushbu ayyom, ya’ni tavallud kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etib qoladi. Kelajakda o’zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biriga aylanishiga tilakdosh bo’lib qoladi. Omad, baxt va salomatlik hech qachon tark etmasin Jahongir!!!

Quyida siz azizlar uchun tavallud kun ayyomi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *