Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Iyul, 2009

Jahongir Poziljonov tez orada Toshkentga qaytadi!

Bojalar«Bojalar» guruhi haqida mish-mishlar biroz kamaygan bo’lsada, hali hamon yangidan-yangi mishlarni tarqatayotgan odamlar topiladi. Kimdir unday, kimdir bunday, deydi. Xullas, asossiz xabarlar ko’p. Bizga kelgan ko’plab maktublar sababli, yana va yana Jahongir Poziljonov haqida xabar yetkazishga qaror qildik. Xo’sh, bugungi kunda Jahongir Poziljonov o’zini qanday his qilmoqda?

Hozirgina biz yana bir bor Jahongirning akasi Abdurahmon Poziljonov bilan bog’landik va sevimli ijodkorimiz ahvolidan xabar oldik. Hozirda Jahongir o’zini ancha yaxshi his qilmoqda. Javlon va Shahzodning sog’ligi ham joyida. Jahongir barcha bilan bemalol suhbat qurib, kerakli muolajalarni olmoqda. Shifokorlar Jahongirning davolanishi ijobiy tarzda davom etsa tez orada Toshkentga qaytishiga ruhsat berilishini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda estradamizning bir qator vakillari bugun Jahongirning holidan xabar olgani Termiz sari yo’l olganlar. Bu haqda keyinoq batafsil to’xtalib o’tamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *