Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Iyul, 2009

Jahongir Poziljonov sog’ligi qanday?

Jahongir PoziljonovBarchani birdek qiziqtirayotgan savolga javobni tez-tez yetkazib turish bizning zimmamizdagi vazifa. Turli xil saytlarda berilayotgan asossiz ma’lumotlar sizni aslo chalg’itmasin. Zero, haqqoniy «birinchi qo’l» ma’lumotlari faqatgina bizda. Xo’sh, Jahongir Poziljonov va uning do’stlarining ahvoli qanday? Tunni qay darajada o’tkazdilar? Bu savollarga hoziroq javob oling.

Bugun 1 iyul kuni «Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov o’zini kechagidanda yaxshi his qilayotganligi haqida xabar oldik. U tunni juda yaxshi o’tkazgan. Hech qanday salbiy holatlar kuzatilmagan. Demak, Jahongir tez orada Toshkentga qaytsa ajabmas. Guruh ma’muri Javlon esa bugun erta tongdan oyoqqa turgan va doimiy yuvinish ishlarini hech kimning yordamisiz bemalol amalga oshirmoqda. Shogirdlari Shahzodning ahvoli ham avvalgidek yaxshi.
Turli mish-mishlarga ishonmang aziz do’stlar! Mo’minning joyi jannatda bo’lsin, qolganlarni Alloh o’z panohida asrasin!

(P/S: Tez orada Jahongir Poziljonovning akasi Abdurahmon Poziljonov bilan uyushtirilgan eksklyuziv intervyuni e’tiboringizga tortiq etamiz. Biz bilan birga qoling va barchasini Jahongirning akasi bilan uyushtirilgan suhbatdan bilib oling.)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 78 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *