Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Jahongir Otajonov konserti oldidan matbuot anjumani…
5 Okt, 2016

Jahongir Otajonov konserti oldidan matbuot anjumani…

Jahongir Otajonov matbuot anjumani3-oktyabr kuni «Yoshlar Ijod Saroyi» binosining anjumanlar zalida Jahongir Otajonovning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi oldidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Anjuman davomida xonanda jurnalistlar tomonidan berilgan turli qiziqarli va tanqidiy savollarga ham samimiylik bilan, bosiq ravishda javob berdi.

Jahongir Otajonov 2016 yilda ikkinchi marotaba o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotganligidan xabaringiz bor. Bu holatga xonanda muxlislar talabiga binoan yana konsert dasturini qo’yishni qaror qilganligi bilan izoh berdi. Bu yil iyun oyida taqdim etilgan konsertni videotasvirga tushirtirmagan ijodkor, 28-29 oktyabr kunlari ham taqdim etiladigan konsert dasturini videotasvirga oldirmasligini ta’kidlab o’tdi. Jahongir Otajonovning navbatdagi yakkaxon konsert dasturida 16-17ta qo’shiq ijro etilishi ko’zda tutilgan. Albatta, bu qo’shiqlarning bari jonli ijroda jarang sochadi. Biz Jahongir Otajonovni yaqinlashib kelayotgan navbatdagi «imtixon»dan a’lo darajada o’tib olishiga tilakdoshmiz.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 9 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *