Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Mirtohir Mirg'ulomov
Art by Sofia
Bo'limlar menyusi
Jahongir o’sha mashhur «To’ylar muborak» filmiga tushib qoldi-mi?!
12 Mart, 2017

Jahongir o’sha mashhur «To’ylar muborak» filmiga tushib qoldi-mi?!

Jahongir - LolaYosh xonanda Jahongir ijodiy faoliyatini endilikda yanada rivojlantirishga qaror qilgan ko’rinadi. Ketma-ket yangi ijod namunalarini taqdim etayotgan Jahongirning yaqindagina radioto’lqinlarda prem’erasi bo’lib o’tgan «Lola» taronasiga kuni kecha klip suratga tushirildi.

Menimcha, o’zbek kinosini sevadigan har bir tomoshabin «To’ylar muborak» kinoasarini tomosha qilgan. Bu tarixiy filmni yangicha remeyk talqinda ko’rishni istaydiganlar ham topilsa kerak. Jahongir o’zining «Lola» taronasiga suratga olingan klipida aynan mana shu film bosh qahramoniga aylanadi. Rejissor Sherzod Umarov tomonidan tasvirga tushirilayotgan mazkur klip «To’ylar muborak» filmidan biroz farq qiladi. Nimasi bilan deysizmi? Keling, yaxshisi bu sirni hozircha oshkor qilmay tursakda, klip tayyor bo’lgach o’zingiz tomosha qilib, bilib olsangiz. Hozircha klipda kimlarni ko’rishingiz mumkinligi haqida ozgina ma’lumot berib o’tamiz. Saida Rametova, Jumadilla Rametova, Asqar Hikmatov, Dilshodbek Kattabekov, Mirtohir Mirg’ulomov va yana boshqa ko’plab aktyor va aktrisalarni Jahongir ijrosidagi «Lola» taronasiga suratga olingan klipida ko’rishingiz mumkin. Quyida siz azizlar uchun klipni suratga olish jarayonidan bir qator fotosuratlarni taqdim etmoqdamiz.

Jahongir - Lola (0)


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 3 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *