Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
30 Avg, 2008

Istiqlol arafasidagi mukofotlar!!!

17 yil istiqlol mukofotlariO’zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 17 yil to’lishi munosabati bilan yurtboshimiz Islom Abdug’anievich Karimov tomonlaridan san’at ahlini turli yo’nalishda mukofotlash to’g'risidagi farmoni bilan qisman tanishtirishga shaymiz. Bu yil O’zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoniga Mahmud Namozov hamda Murod Rajabov sazovor bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist unvoniga esa Hoshim Arslonov, Dias Rahmatov, Hosila Rahimova kabi el suygan ijodkorlar sazovor bo’lishdi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi mukofoti taniqli rejissor Ayub Shahobiddonov va ssenariynavis Yolqin To’ychievga nasib etdi. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan Hoshimjon Ismoilov, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan G’ulomjon Yoqubov, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan esa taniqli rejissor Melis Abzalov hamda «Otalar so’z — aqlning ko’zi» ko’rsatuvi rejissori va boshlovchisi Mirabbos Mirzaahmedov taqdirlandi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *