Iskanderdan yangi fotosuratlar…
Bugun sizning hukmingizga estradamizda faoliyat olib borayotgan yosh xonandalardan biri Iskanderning yangi fotosuratlarini havola qilamiz. Iskanderning yangi fotosuratlari «Emo-pank-rok» uslubida suratga olingan…
Sizga ma'lum, Iskander rok yo'nalishida ijod qiladi. Xonandaning o'zi ayni paytda Moskva shahrida «Kosmonavtlar» kuniga bag'ishlab o'tkaziladigan konsert dasturiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Konsert dasturida Iskander o'zining «Jonim» va «On i ona» qo'shiqlarini ijro etadi. Konsert dasturida Iskander o'zbek tilidagi qo'shiqni ham ijro qilishni rejalashtirganidan xayron bo'layotgan bo'lsangiz kerak. Gap shundaki, Iskanderning «Jonim» qo'shig'iga ishlangan klipda taniqli yosh aktyor Artyom Volkov («Barvixa» seriali) suratga tushgani haqida avval xabar bergan edik. Bu esa qo'shiqni Rossiyadagi tinglovchilarning ma'lum qatlami vakillari orasida ommalashishiga sabab bo'ldi. O'z navbatida, konsert dasturiga taklif etilgan Iskanderdan dasturga aynan shu taronani ham kiritishi so'ralgan. Xonandaning o'zi bu taklifdan benihoya hursand bo'lgan va tabiiyki, hayratini yashirmagan.