Iskander «Podojdi» klipini taqdim etadi!
Yodingizda bo'lsa Iskanderning «Jonim» nomli debyut klipi aynan SB.uz portali orqali taqdim etilgan edi. Klipda «Barvixa» seriali orqali yaxshi tanish bo'lgan Artem Volkov va modela Kamilla Muxlisova suratga tushgan edi. Moskva shahrida suratga olingan mazkur klip rejissori Mixail Borodin bo'lib, klip bir muncha ayanchli yakun topgan edi.
Ko'pchilikning takliflariga binoan Iskander mazkur klipni davomini bizga taqdim etadi, biroq endi qo'shiq rus tilida ijro etilgan bo'lib, klip g'oyasiga ko'ra Iskander Kamillani izlab topish maqsadida Toshkent shahriga keladi. Barcha dam olish bog'lari va teatrlarini sayr qiladi. Kamilla esa bu vaqtda doimgidek shaharning ajoyib kafelaridan birida Iskander bilan o'tgan sevimli onlarini yodga olib o'tiradi. Iskander esa yo'lida uchragan ilk kafega tashrif buyuradi, shu vaqtda esa Kamilla shu yerda edi. Biroq, Kamilla shu onda Iskander va Kamillaning tanishishiga sababchi bo'lgan dugonasining uyi tomon yo'l oladi.
Rejissor: Hayot Hamroev
Bosh rolda: Kamilla Muxlisova
Epizodlarda: Nilufar Mirzarahimova va Arslan.