Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Okt, 2010

Iskander «Nebo sodrujestva» xalqaro festivalida qatnashdi!

Iskander Nebo Sodrujestva2010 yilning 17-18 sentyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida «Nebo sodrujestva» nomli xalqaro musiqiy festival bo'lib o'tdi. Bu festival MDH davlatlari hamda Gruziyaning bir qator yosh ijodkorlarini birlashtirdi. Iskander esa mazkur festivalda O'zbekiston nomidan ishtirok etdi.

«Biz bir osmon ostidamiz» — bu festivalning asosiy shiori. Festivalda ishtirok etish bepul bo'lib, uning asosiy maqsadi xalqlarni o'zaro birlashtirish, dos'tlikni yanada kuchaytirish, yosh o'sib kelayotgan o'smirlarni ahil va inoqlikka chorlab, do'stona munosabatni yuzaga keltirishga qaratilgan. «Nebo sodrujestva» festivali bu yil birinchi marotaba o'tkazilayotganligiga qaramay, uning tashkilotchilari har yili o'tkaziladigan an'anaga aylanishiga va xalqaro munosabatlarni mustahkamlashishi hamda madaniyat olamini yanada rivojlanishiga hissa qo'shishiga ishonmoqdalar.
Ikki kunlik marafon bir osmon ostiga MDH davlatlari (Azarmayjon, Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Moldova, ROssiya, Tojikiston, O'zbekiston) hamda Gruziyaning yosh, iste'dodli estrada xonandalarini to'pladi. Marafon mehmonlari MDH davlatlarining yosh va mashhur estrada yulduzlarini kutishdi.
Festival ishtirokchilar qatorida «Besh yulduz» («Pyat zvezd») tanlovi g'olibasi tojikistonlik Taxmina Niyozova, azarbayjonlik Safura, «Evrovideniya 2010″ qatnashchisi, armanistonlik Sirusho, o'z yurtida yil xonandasi deb tan olingan, «Yangi to'lqin 2009″ («Novaya volna 2009″) qatnashchisi qozog'istonlik guruh «Slang», ukrainalik xonanda Mila Nitich, «Yangi to'lqin» tanlovida Alla Pugacheva oltin yulduz deya e'tirof etgan moldovalik xonanda Arsenie, «Evrovideniya 2010″ qatnashchisi ukrainalik xonanda Alyosha, tojikistonlik Dilorom Qurbonova, Gruziyadan Sofiya Nijaradze hamda O'zbekistondan Iskander Musaev. Shuningdek, festivalda Rossiya estradasi yulduzlari Dmitriy Koldun, Anastasiya Volchkova hamda Slavalar ishtirok etishdi. Ushbu festivalni yaqin orada siz Rossiyaning «Mir» telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.
Iskander mazkur festivalda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva

Iskander Nebo Sodrujestva


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *