Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Ishdagi ishq» filmining prem’erasidan fotoreportaj!!!
24 Mart, 2015

«Ishdagi ishq» filmining prem’erasidan fotoreportaj!!!

Ishdagi ishq prem'eraO’zbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan yana bir yangi kinokartinaning prem’erasi bugun Kinochilar Uyi hamda Alisher Navoiy kinosaroylarida bo’lib o’tdi. SB.uz portali ijodiy jamoasi «Ishdagi ishq» deb nomlangan mazkur kinokartinaning Alisher Navoiy kinoteatrida bo’lib o’tgan prem’erasiga tashrif buyurdi.

Iste’dodli operator va rejissor Iqbol Meliqo’ziev tomonidan suratga olingan «Ishdagi ishq» kinokartinasi g’oyasi yana bir taniqli kinorejissor Jahongir Ahmedov g’oyasi asosida suratga olingan bo’lib, unda Sherzod Bin, Nargiza Salmonova, Muhammadiso Abdulhayirov, Zuhra Solieva, Jahongir To’lqinov, Asqar Hikmatov kabi sizga yaxshi tanish bo’lgan aktyor va aktrisalar ajoyib rollarni talqin etishgan. Film prem’erasini tomosha qilish uchun minglab muxlislar Alisher Navoiy kinosaroyiga tashrif buyurishdi. Ular orasida elimiz suygan san’at olami vakillarini ham ko’plab uchratish mumkin edi. Jumladan, Jahongir Poziljonov, Tohir Usmonova, Ruhshona, «Eldido» guruhi, Diyor va Elyor Mahkamovlar, Akmal Nazarov, Doniyor Agzamov va boshqalar. Yangi kinokartina tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Prem’eradan so’ng film ijodkorlari va ularning eng yaqin do’stlari bilan birlashib «Uch chinor» restorani tomon yo’l oldik. Bu yerda esa prem’eradan so’ng, kichik bir ziyofat ham uyushtirildi. Ziyofat davomida sodir bo’lgan qiziqarli voqealar haqida ko’p ham so’zlab o’tirmaymiz. Ammo, Nargiza Salmonovaning bir qator aktrisalarni parodiya qilib, o’xshatib berishini esa yodga olmasdan iloj yo’q! Ayniqsa, Zarina Nizomiddinovaning ovozini o’xshatib berishi juda ham qiziqarli chiqdi!

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi va ziyofati davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 419 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *